Davlat xavfsizlik xizmati xabariga köra, Samarqand viloyati Past Darğom tumanidagi umumta'lim maktablaridan birining matematika fani öqituvçisi yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali 4 nafar abituriyentni Samarqand tibbiyot institutiga öqişga kiritib qöyişni va'da qiladi va ularning har biri uçun 12 ming AQŞ dollaridan, jami 48 ming AQŞ dollari talab qiladi.

DXX Samarqand viloyati boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur şaxs kelişilgan puldan 40 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Samarqand pedagogika kollejida öqituvçi bölib işlovçi, 1975 yil Iştixon tumanida tuğilgan şaxs esa aldov yöli bilan mahalliy fuqaroning işonçiga kirib, uni Qozoğiston Respublikasining Çimkent şahrida joylaşgan “Miras” universitetiga öqişga kiritib qöyiş uçun undan 5500 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

Jizzax şahridagi oilaviy poliklinikalardan birida bolalar şifokori bölib işlovçi, 1993 y.t. şaxs mahalliy fuqaroni Jizzax davlat pedagogika instituti “Maktabgaça ta'lim” yönalişining sirtqi bölimiga öqişga kirişiga yordam berişini aytib, evaziga 8 ming AQŞ dollari olayotgan vaqtida DXX Jizzax viloyati boşqarmasi va Departamentning hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlandi. 

Dastlabki suriştiruv davomida, u uşbu pul mablağini Toşkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida şifokor bölib işlovçi, 1988 yil Buxoro viloyati Romitan tumanida tuğilgan hamtovoğiga berişi lozimligini ma'lum qildi.

Şundan söng tezkor tadbir Toşkent şahrida davom ettirilib, Toşkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi şifokori jinoiy şerigidan 8 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi.

Qöqon davlat pedagogika institutining yoşlar masalalari böyiça mas'ullaridan biri mahalliy fuqarodan uning tanişini mazkur oliy öquv yurtining “Jismoniy madaniyat” fakultetiga öqişga kiritib qöyişni va'da qilib, 3000 AQŞ dollari olgan vaqtida DXX Farğona viloyati boşqarmasi va Departamentning viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlandi.

Dastlabki suriştiruv davomida, u uşbu pul mablağini institut fakultetlaridan birining dekaniga berişi lozimligini aytdi va tezkor tadbir davom ettirilib, fakultet dekani ham 3 ming AQŞ dollarini olgan paytida qölga olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, uşbu işlarga aloqador bölgan boşqa şaxslarni aniqlaş böyiça çoralar körilmoqda.