Eronda soqçini öldiriş va norozilik namoyişlarida iştirok etişda ayblangan 27 yoşli eronlik kuraşçi Navid Afqariyga nisbatan çiqarilgan ölim hukmi ijro etildi. Bu haqda Fars agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berişiça, Afqariy şanba kuni ertalab qatl qilingan.
Ötgan haftada AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron hukumatini Navid Afqariyga çiqarilgan ölim jazosi hukmini bekor qilişga çaqirgandi. Tramp kuraşçi Erondagi “iqtisodiy vaziyat yomonlaşayotgani”ga qarşi noroziliklarda iştirok etganini ta'kidlagandi.
Navid bilan birga uning ikki akasi ham hibsga olingan. Sud ularning barçasini hukumatga qarşi guruh şakllantiriş, politsiyaçini öldiriş va 2018 yil yozida ötgan tartibsizliklarda faol iştirok etişda aybdor deb topgan. Öşanda mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat yomonlaşganiga qarşi ötgan ommaviy noroziliklar qattiqqöllik bilan bostirilgan edi.
15 avgustda Eron oliy sudi Navidga avvalroq çiqarilgan ölim jazosini öz kuçida qoldirgan. Ma'lumotlarga köra, Afqariyga bu jazo hukmi 2018 yil sentbyarda Şeroz şahrida politsiyaçining öldirilişi işi böyiça çiqarilgan.








