
Ma'lum bölişiça, Kattaqörğon şahridagi mahallardan birida yaşovçi 2003 yilda tuğilgan R.F. temir yöl izlari içida quloqçin taqib ketayotganida orqa tomondan kelayotgan yuk poyezdining signal berişini eşitmaydi.
Oqibatda poyezd uşbu voyaga yetmagan şaxsni urib yubormaslik uçun favqulotda tormoz berib, qiyinçilik bilan töxtaşga majbur böladi. Poyezd 15 daqiqadan söng öz yönalişi böyiça harakatni davom ettirgan.
Holat mahalla va ta'lim muassasasida muhokama etilib, suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Alişer Oçilovning aytişiça, Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlaş boşqarmasi «Özbekiston temir yöllari» AJ bilan hamkorlikda haftaning har çorşanba kuni «Temir yöllarda xavfsiz kun» va har payşanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» tarğibot kunlari ötkazmoqda.
Bu kunlarda temir yöl xavfsizlik qoidalariga rioya qilinişi böyiça, şu jumladan: maişiy çiqindilar taşlaş, tan jarohatlari oliş, baxsiz xodisalar, öz joniga qasd qiliş, vagon oynalari sindirilişi, temir yöl signalizatsiya va aloqa vositalariga şikast yetkaziş, temir yölga begona jism qöyiş, temir yöllarda taşilayotgan tovar-moddiy boyliklarning talon-toroj qilinişi kabi holatlarga yöl qöymaslik maqsadida temir yöl atrofida joylaşgan mahallalar, korxona-taşkilotlar, ta'lim muassasalarida tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.











