Bekobod tumani hududida 640 mln sömlik 4000 dona «Meropenem» dori vositasini Tojikiston hududidan Özbekiston hududiga olib kirişga uringan «Neksiya» rusumli avtomaşina aniqlandi. Bu haqda DXX Çegara qöşinlari matbuot xizmati xabar bergan.
«DXX Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilarining Davlat bojxona qömitasining Toşkent viloyati boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Bekobod tumani hududida ötkazgan tezkor tadbiri davomida mahalliy fuqaro Ğofurov boşqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomaşina töxtatilib, tekşirildi. Natijada, uning salon qismida 640 mln sömlik 4000 dona «Meropenem» dori vositasi borligi ma'lum böldi», deyiladi ma'lumotda.
Dastlabki suriştiruv harakatlari davomida aniqlanişiça, tojikistonlik Şuhrat ismli şaxsga tegişli bölgan mazkur dori vositalari aylanma yöllar orqali Özbekistonga olib ötilgan bölib, Ğofurov ularni kelgusida sotiş uçun Şuhratning Toşkent şahridagi tanişlariga yetkazib berişi rejalaştirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Şuningdek, şu kabi qonun buziliş holati Sirdaryo viloyatida ham aniqlandi. Xususan, mahalliy fuqarolar Mamayev hamda Qöçqorov davlat çegarasining Sirdaryo tumani «Oq yöl» MFY hududidan ötuvçi qismidan Qozoğiston Respublikasiga tibbiy buyumlar va dori vositalarini yaşirin ravişda ötkazişga uringanida DXX Sirdaryo viloyati boşqarmasi va Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan uşlangan.
Uşbu şaxslardan qariyb 75 mln sömlik «Tivortin», «Deksametozon» dori preparatlari va boşqa tibbiy vositalar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Hozirda uşbu holat böyiça dastlabki tergovoldi suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.












