Loyiha rahbari Mubaşşir Ahmadga köra, “Katta fiqh ensiklopediyasi” zamonaviy davrdagi eng yirik fiqhiy ensiklopediya bölib, u hijriy ön uçinçi asrga qadar islom huquqşunosligi merosining zamonaviy va hujjatlaştirilgan şaklidir. Hozirga qadar uning jildlari 45ta bölib, özbek tilida 47 jildda naşr etilişi rejalaştirilmoqda.

Ta'kidlanişiça, uşbu kitobni naşr qilişda islom olamida közga köringan 200 nafarga yaqin taniqli ulamolar rahbarlik qilişgan. Kitobning naşr etilişi 40 yil davom etgan. Moliyaviy qiyinçiliklar bölganiga qaramasdan, öşa vaqtda nisbatan boy mamlakat Quvayt bu işni öz zimmasiga oladi va 1965 yilda boşlangan iş 2005 yilda yakunlangan.

“Kitobning butun dunyoda faqat urdu tiliga tarjima qilingan varianti bor edi. Şu paytgaça kitobni bir qator turkiy mamlakatlar tarjima qilişga urinişgan. Ammo bu iş oxiriga yetmay qolgan. Ammo, alhamdulillah, biz ikkinçi bölib kitobni özbek tiliga tarjima qilişga ulgurdik”, dedi loyiha rahbari Mubaşşir Ahmad.
Kitob tarjimonlari jamoaci rahbari Abdulhodiy Ğiyos sözlariga köra, tarjima jarayonlari 5 yil avval boşlangan.

“Tarjimonlarni turli joylardan yiğdik. Nihoyat tarjima işlari ham boşlandi, ammo juda qiynaldik. Çunki qanday uslubda tarjima qilişni tanlab oliş qiyin böldi. Hatto kitob naşr qilinişiga oz qolganda rad qilgan tarjimalarimiz ham böldi.
Tarjimonlar taşqaridan turib bizga tarjima qilib berib turişdi. Bu yerdagi alohida tarjimonlar guruhi kelgan tarjimalarni qayta tekşirib çiqiş bilan şuğullanişdi. Kitobga domla Luqmon Börixon muharrirlik qildi”, dedi Abdulhodiy Ğiyos.

Ma'lum qilinişiça, uşbu fiqhiy ensiklopediya tartibining soddaligi, masalalarning berilişida bir xil yönaliş tanlanganligi bilan öquvçida undan foydalaniş samarasini oşiradi. Şuningdek, hamma mazhablarni özida qamrab olganligi, mazhablarda dalillarning keltirilişi va qiyosiy tahlil qilinişi bilan ham ajralib turadi.











