Ayni kunlarda mamlakatdagi oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlari ötkazilayotgan pallada Qaşqadaryo viloyati markazidagi oilaviy poliklinikada onkolog şifokor bölib işlaş bilan bir qatorda, Qarşi davlat universitetida örindoşlik asosida faoliyat yuritib, talabalarga saboq berib kelgan şaxs aldov yöli bilan özgalarning pul mablağini özlaştirmoqçi böldi.
Davlat xavfsizlik xizmati xabariga köra, mazkur fuqaro göyoki yuqori lavozimda işlaydigan tanişlari borligini rökaç qilib, bir abituriyentni Qarşi davlat universitetiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 5000 AQŞ dollari, ikkinçi abituriyentni M.Auezov nomidagi Janubiy Qozoğiston davlat universitetiga öqişga kiritib qöyiş uçun 2000 AQŞ dollari, jami 7000 AQŞ dollari olgan vaqtida DXX Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Ta'kidlanişiça, muqaddam firibgarlik bilan boğliq jinoyatlar sodir etganligi uçun 2018 va 2019 yillarda jinoyat işlari böyiça Qarşi tuman sudining hukmi bilan ikki marotaba sudlangan uşbu fuqaro öz xatolaridan töğri xulosa çiqarmagan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- va 28,211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












