E'lon qilingan natijalar yana bir marta ko‘rib chiqiladi – DTM abituriyentlarning natijalaridagi tushunmovchiliklar bo‘yicha izoh berdi
Bugun, 14 sentabr kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov joriy yilgi test natijalarini e'lon qilishdagi tushunmovchiliklar va kechikishlar bo‘yicha izoh berdi. Uning qayd etishicha, imtihonning ochiq havoda o‘tkazilgani ham abituriyentlarning javoblarini tekshirishda qiyinchilik tug‘dirgan.
DTM rasmiysining qayd etishicha, o‘tgan yili kirish imtihonlarida bir kunda 60 mingga yaqin abituriyent ishtirok etgan edi. Joriy yil esa bu raqam ikki barobar ortdi va kuniga 120 ming atrofida abituriyent test topshirdi. Bu esa ish hajmi ham 2 barobar oshganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, bu yilgi testlarning ochiq havoda o‘tkazilishi ham jarayonga ta'sir qildi. Chunki O‘zbekiston iqlimida chang bor. Javoblar varaqasi chang bo‘lsa, uni tekshirayotganda skaner texnikalari o‘qimasligi mumkin. Shuning uchun texnikalarni ham doimiy ravishda tozalab turishga to‘g‘ri kelgan.
«Hozirga qadar e'lon qilingan natijalar hali oxirgi natija emas. Mandatgacha bo‘lgan davrda yopiq rejimda ishlayotgan mutaxassislar tomonidan natijalar yana bir marta ko‘rib chiqiladi. Tashkilotdan xatolik o‘tmasligi uchun hamma javoblar tahlil qilib chiqiladi va Davlat qabul komissiyasiga kiritiladi. Davlat qabul komissiyasi tomonidan mandat e'lon qilingandan so‘ng abituriyent o‘z natijasidan norozi bo‘lsa, apellyatsiya shikoyatini yozishi kerak bo‘ladi.
Hozir ko‘pchilik natijalaridan norozi bo‘lyapti, lekin bu hali faqat dastlabki natijalar. Ular yana qayta ko‘rib chiqiladi», deya Sardor Rajabovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan tashqari, Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabovning qo‘shimcha qilishicha, imtihonlarni ochiq havoda o‘tkazish ob-havo o‘zgarishlari kuzatilishi va imtihon jarayonini nazorat qilishdagi qiyinchiliklar tufayli biroz murakkabliklar tug‘dirgan. Shuning uchun keyingi yilgi imtihonlarda ochiq havoda imtihon o‘tkazish tajribasidan foydalanilmaydi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

23:29 / 28.08.2024
Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi

19:22 / 17.08.2024
Mandat chiqdi – talabalikka tavsiya etilgan va etilmaganlar nimalarni bilishi kerak?

05:49 / 17.08.2024
Yakuniy mandat e’lon qilindi

11:03 / 08.08.2024