«Patent oliş ya'ni uni tayyorlaş, rasmiylaştiriş va beriş masalasida Rossiya Federatsiyasi bilan 3ta xalqaro şartnomamiz mavjud. Rossiyalik mas'ullar Özbekistonga kelib, şu yerda patent berişni zimmasiga olişgandi. Biroq, bu hali qonuniylaştirilmagan. Şu masala böyiça işni tezlaştiriş va özaro muzokara ötkaziş uçun bir guruh rahbarlar Rossiyaga jönab ketişgan.

Bilamizki, Rossiyaga işlaşga çiqib ketgan migrantlar patent olişi uçun 20-30 kungaça vaqt talab qilinadi. Patent beradigan markazga murojaat qiladi, ariza, pasport tarjimasi, tibbiy körik hujjatlari topşiradi. Bir hafta tilga öqiydi, tölovlari bor va oxirgi bosqiçda içki işlar boşqarmasidan tegişli röyxatdan ötgandan keyingina patent beriladi.

U yerga borganidan keyin patent olmasa, iş beruvçi uni işga qabul qilişga haqqi yöq. Fuqaromiz esa darrov işlay olmaydi. 20-30 kun davomida işsiz ötirişi, boqimonda bölişi kerak yoki noqonuniy işlab «deport» bölib ortiga qaytib kelişi ham mumkin.

Buning oldini oliş uçun endilikda şu yerning özida tölanadigan mablağlari, suğurta, çipta, ariza va tilga öqitiş masalalari hal qilib beriladi.

Faqatgina ikkita jarayonga biz aralaşa olmayapmiz. Rossiya soğliqni saqlaş vazirligi va Içki işlar rahbariyati bunga ruxsat bergani yöq. Ular migrantlar patentni bu yerga keganidan keyin oladi, degan şartni qöygan. Hozirda boşqa barça xizmatlarni Özbekistonda qiliş imkoni yaratildi. Agar Rossiya soğliqni saqlaş vazirligi va Içki işlar boşqarmasi bilan kelişuvga erişsak, patentni şu yerning özida beradigan qilamiz», dedi  Davlatnazar Matrasulov prezidentning «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosiga bağişlangan matbuot anjumanida.

Ma'lum qilinişiça, ayni paytda Rossiyada 1,5 milliondan ortiq özbeklar mehnat faoliyati bilan şuğullanadi. Har yili Özbekistonda mehnatga layoqatli aholining 100-150 ming nafari iş yetişmasligidan xorijga işlaş uçun ketişga majbur böladi. Ammo patent va viza oliş masalasi hamon murakkabligiça qolmoqda.