«Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Koreya Respublikasining Inson resurslarini qöllab-quvvatlaş markazi bilan memorandum imzolagan va E-9 vizasi bilan Koreya Respublikasiga faqat Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali yuboriş mumkin. Şu vaqtgaça va bundan keyin ham bu memorandum amalda. Bu Özbekiston Respublikasining talabi emas. E-9 böyiça Koreya tarafi faqat Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan işlayman degan talabni qöygan.

Pandemiya davrida nafaqat Özbekiston, balki dunyoning barça mamlakatlarida pandemiyaga qarşi çoralar körildi, körib kelinmoqda. Qiyin bölsa ham Koreya davlati bilan özaro kelişuvga erişib, Koreyada işlab turgan va Özbekistonga kelgan 135 nafar fuqaromizni may-iyun oylarida iş beruvçining talabi bilan qayta çiqarib yuborişga erişdik.

Çiqib ketmaganlarining esa viza muddatlari, şartnoma muddatlarini uzaytirişga erişildi», dedi Davlatnazar Matnazarov AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida.

U bugungi kunda E-9 vizasi böyiça Koreya Respublikasi tomonidan qöyilayotgan talablar haqida gapirdi.

«Bugungi kunda Koreya Respublikasi tomonidan talab qöyilyapti: 11 iyuldan nafaqat Özbekiston, balki boşqa davlat fuqarolarining ham E-9 böyiça kirib kelişi vaqtinça çeklangan. Hozirda kelişuvlar tiklanyapti. Koreya tomoni har reysda maksimum 15-20 odamni qöyasan, deyapti. Iş beruvçi ular bölganidan keyin ana şu 15-20 odam iş beruvçisi haqiqatan karantin hududi bölsa, kasal bölib qoladigan bölsa, davolanişning har kuni uçun 80-90 dollar (100 mln von)ni zimmasiga olgan Özbekiston fuqarosi Koreyaga yana qaytib bormoqçi bölsa, biz ular bilan şartnoma tuzib, Koreya Respublikasiga taqdim etyapmiz. Ular tekşirib, qabul qiliş ruxsatini berganidan keyin jönatib yuborişni amalga oşirib kelmoqdamiz», deya agentlik rasmiysining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.