Madridning «Real» jamoasi Mbappe uçun 100 million yevro tölaşga tayyorligini bildirdi.
Fransiyaning «PSJ» klubi jamoa hujumçisi Kilian Mbappening narxini ma'lum qildi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Naşrning yozişiça, forvard kelasi yozda klubni tark etiş niyatida. «PSJ» 21 yoşli futbolçini 325 million yevroga sotmoqçi. Qayd etilişiça, aksariyat top-klublar bu narxni oşirib yuborilgan deb hisoblamoqda, xususan Madridning «Real» jamoasi Mbappe uçun 100 million yevro tölaşga tayyorligini bildirdi.
«Qaymoqranglilar» ötgan yili «PSJ»ga Mbappe uçun 280 million yevro taklif etmoqçi edi. Bu futbol tarixidagi eng qimmat transfer bölişi mumkin edi. Hozirda rekord «PSJ» hujumçisi Neymarga tegişli. U Fransiya klubiga 2017 yilda «Barselona»dan 222 million yevroga ötgan.
Mbappe —transfermarkt.de portaliga köra dunyoning eng qimmat futbolçisi. Uning transfer qiymati 180 million yevro deb baholanmoqda.












