Rossiya Federatsiyasida bölib turgan özbekistonlik vatandoşlar uçun til va kasb örganiş borasida ajoyib imkoniyat taqdim etilmoqda. Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Worldskills Uzbekistan assotsiatsiyasi, Worldskills Russia ittifoqi va Rossiya xalqlar döstligi universiteti bilan hamkorlikda şunday taşabbus bilan çiqdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi. Unga köra, Rossiya Federatsiyasida faoliyat yuritayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölgan mehnat migrantlarini bepul kasbga öqitiş loyihasi amalga oşiriladi.

“Agar siz Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borayotgan bölsangiz va rus tili yoki mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasb-hunarlarni bepul örganmoqçi bölsangiz, @uzrivoj_bot (Telegram) tizimida öz arizangizni qoldiring.

 Loyiha doirasida mehnat migrantlari uçun Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon (Kazan), Yekaterinburg va Novosibirsk şaharlarida quyidagi yönalişlar böyiça 1 oylik (72 soatlik) va 2 oylik(144 soatlik) öquv kurslari taşkil etiladi:

- rus tili;

- öz kasbi böyiça malaka oşiriş;

- yangi kasb örganiş.

Malaka oşiriş va kasb örganiş kurslarida xizmat körsatiş, quriliş va kompyuter texnologiyalari sohasida dars ötiladi. Kurslar kunduzi va işlovçilar uçun iş vaqtidan keyin 19-00 dan 22-00 gaça taşkil etiladi.

Kurslarga har kuni qatnab öqişga imkoni bölmaganlar uçun öquv markazlarida yotoqxona taşkil etiladi. Kurslar va yotoqxona böyiça barça xarajatlar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi va mehnat migrantlari uçun mutlaqo BePUL.

Öquv kurslarini tugatgan fuqaroga "Worldskills" standartlari asosida öqiganlikni tasdiqlovçi va malaka darajasini körsatuvçi skills passport (malaka pasporti) beriladi.

Agar siz mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblarga bepul öqib, öz malakangizni oşirmoqçi bölsangiz:

- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining telegramdagi @uzrivoj_bot