Rasmiy statistikada jami holatlar 50 mingtaga yaqinlashmoqda: hozirgacha 49 761 kishida koronavirus aniqlanib, ulardan 46 092 nafari tuzalgan.
Qurbonlar esa kamida 415 nafarni tashkil etyapti. 17 sentabr kuni vafot etganlar ro‘yxatiga Bo‘stonliq tumanida yashagan 11 yashar o‘g‘il bola ham qo‘shildi.
Yangi holatlar (+599)
So‘nggi kunlarda Namangan viloyatida koronavirus tarqalishi tezlashgani kuzatilmoqda. Viloyatda 15 sentyabrda 30ta, 16 sentyabrda 92ta yangi holat qayd etilgan bo‘lsa, 17 sentyabrda 94 nafar bemor aniqlandi.
Mamlakat miqyosida bir kunda 599ta yangi holat co‘nggi bir hafta ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
- Toshkent shahri – 323
- Toshkent viloyati – 125
- Namangan viloyati – 94
- Andijon viloyati – 14
- Samarqand viloyati – 11
- Sirdaryo viloyati – 9
- Qashqadaryo viloyati – 7
- Farg‘ona viloyati – 7
- Surxondaryo viloyati – 6
- Xorazm viloyati – 3
Tuzalganlar (+618)
Bir necha haftalar ichida ilk marta koronavirusdan tuzalib chiqqanlar soni yangi holatlardan ko‘proq bo‘ldi. 17 sentyabrda birgina Toshkent shahrida 426 kishi COVID-19'dan forig‘ bo‘lgani qayd etildi.
- Toshkent shahri – 426
- Toshkent viloyati – 109
- Namangan viloyati – 50
- Andijon viloyati – 9
- Sirdaryo viloyati – 6
- Farg‘ona viloyati – 5
- Qashqadaryo viloyati – 5
- Xorazm viloyati – 4
- Surxondaryo viloyati – 3
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1
O‘lim holatlari (+6)
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashagan 11 yoshli M.U. ismli o‘g‘il bola mamlakatda koronavirusning eng yosh qurboniga aylandi. Bungacha O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarning koronavirusdan vafot etishi biror marta kuzatilmagan edi.
















