17 sentabr kuni Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev, oliy va örta maxsus ta'limi vaziri birinçi öribosari Öktam Salomov, şuningdek, sarmoyadorlar, tadbirkorlar, kompaniya hamkorlari va döstlari yangi köp funksiyali Minerva City turar joy majmuasi quriliş maydoniga taşrif buyurişdi. Minerva City – hududidan xalqaro universitet joy oladigan Sergelidagi «şahar içida şahar».

Hokim 10.000 nafar talabaga möljallangan universitet konsepsiyasini baholab, öz nutqida: “Bu loyiha Toşkent şahri, Toşkent fuqarolari, Sergeli tumani, yangi taşkil qilinayotgan Yangihayot tumani va umuman mamlakatimiz fuqarolari uçun katta quvonç keltiradi. Universitetning qurilişi Özbekiston yoşlari, Toşkentimiz yoşlari uçun katta imkoniyat va Toşkent şahri uçun esa katta muvaffaqiyat deb öylayman”, deb ta'kidlab ötdi.

Minerva City – 100 gektar maydonga ega yangi turar joy majmuasi. MJ Developers xalqaro kompaniyasining barça loyihalari “şahar içida şahar” prinsipiga asosan qurilmoqda. Quriliş işlari jadal borayotgan Namangan Square va Rohatda qurilajak Lake City bunga yaqqol misol böla oladi. Minerva City ham istisno emas. Bu esa turar joy hududida qulay hayot keçiriş uçun barçasi, ya'ni lyuks darajasidagi turar joy binolari, avtoturargohlar, şoping va biznes markazlari, parklar, bolalar maydonçalari, sayr uçun yaşil hudud, mehmonxona, köngiloçar markazlar, hatto golf maydonining ham mavjud bölişi, demakdir.

Majmuaning ajralib turadigan muhim jihatlaridan biri bu bölajak liderlarning rivojlanişi va ta'lim olişiga e'tiborning kuçliligidadir. Minerva City'da jahon darajasidagi bolalar boğçalari, maktablar va kollejlar, eng asosiysi – xalqaro universitet quriladi. Aynan şu Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi vakillarining taşrifi uçun asosiy sabab böldi.

Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev MJ Developers boşqaruvi raisi Murari Lal Jalal bilan birgalikda uşbu unutilmas sana şarafiga memorial lavha örnatiş orqali Minerva City'da xalqaro universitet qurilişining boşlanişiga bağişlangan ramziy marosimni tantanali ravişda nişonladi. Bu darhaqiqat, tarixiy sanadir, axir aynan şu yerda yoşlar xalqaro darajada ta'lim olişadi, universitet esa yaqin yillarda bölajak liderlarni tayyorlay boşlaydi.