Yevropa parlamenti (YeP) Yevroittifoq mamlakatlarini saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining öldirilişi hamda Yamanda davom etayotgan nizo sababli Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklariga qurol sotilişini çeklaşga çaqirdi.
Yevroittifoq mamlakatlarini qurollaniş eksporti ustidan umumiy nazoratni kuçaytirişga çaqiruvçi qonun loyihasi YeP yiğilişida qabul qilindi.
Stokgolm tinçlik muammolarini örganiş xalqaro instituti ma'lumotlariga köra, YeI mamlakatlari Saudiya Arabistoni va BAAga qurol yetkazib beriş böyiça dunyoda ikkinçi örinda turadi, deyiladi hujjatda.
Hujjatda Yamandagi töqnaşuvlarda sodir etilgan harbiy jinoyatlar töğrisidagi BMT xabarlari eslatib ötilgan.
Şuningdek, Belgiya, Daniya Finlyandiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya va Niderlandiyaning Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya mamlakatlariga qurol sotişni çeklaş töğrisidagi qarori olqişlangan.









