18 sentabr kuni Xalq-ozodlik armiyasi (XOA)ning maşğulotlari boşlangan. Maşğulotlar davomida XOA samolyotlari Tayvanga janubi-ğarb, ğarb, şimoli-ğarb va şimol tomondan yaqinlaşib kelgan.
Xitoy Tayvan böğozi yaqinida harbiy maşğulotlar boşladi, bunga ogohlantiriş emas, balki Tayvanni bosib oliş böyiça repetitsiya sifatida qaraş kerak, deb yozadi Xitoyning Global Times naşri.
Qayd etilişiça, 18 sentabr kuni Xalq-ozodlik armiyasi (XOA)ning maşğulotlari boşlangan. Maşğulotlar davomida XOA samolyotlari Tayvanga janubi-ğarb, ğarb, şimoli-ğarb va şimol tomondan yaqinlaşib kelgan.
Tayvan mudofaa vaziri Çan Guansyunning bildirişiça, Pekin 18ta: J-10, J-11 va J-16 samolyotlaridan foydalangan. Maşğulotlar AQŞ davlat departamenti rahbari örinbosari Keyt Kraçning Tayvanga taşrifiga nisbatan javob deb hisoblanmoqda.
Gazetaning qayd etişiça, Xitoy AQŞ rasmiylarining taşrifiga keskinroq javob qaytarişi lozim.
«Amerikaning yuqori martabali amaldori har safar Tayvanga taşrif buyurganida XOA qiruvçilari orolga bir qadam yaqinlaşişi kerak», — deb yozadi gazeta.
Jurnalistlar AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo kelganida esa maşğulotlarni orol ustida ötkaziş, prezident Tsay Invenning qarorgohi uzra raketa uçirişga çaqirişmoqda.
Tayvanda 11 yanvarda ötkazilgan parlament saylovlarida demokratik progressiv partiya, öşa kungi prezident saylovida esa partiya yetakçisi Tsay Inven ğalaba qozondi. Hukmron partiya va Tsay orol mustaqilligi tarafdori hisoblanadi.
Tayvanga mustaqillik e'lon qilişga Xitoyning bostirib kiriş tahdidi xalal bermoqda. 2005 yil martda Xitoyda orol mustaqillik e'lon qilgudek bölsa, unga qarşi harbiy kuç işlatiş töğrisidagi qonun qabul qilingan.
Pekin Tayvanni 1949 yildan buyon nazorat qilmaydi, şu bilan birga, orolni mamlakatning bir qismi deb hisoblab keladi.












