Polkovnik Muhiddin Jörayev 2014-2016 yillarda Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani IIB boşliği, 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyat IIB boşliği, 2018-2019 yillarda içki işlar vazirining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari lavozimlarida işlagan. Şuningdek, 2019 yil iyulida Özbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagan.

U 2019 yilning noyabr oyi oxirlarida prezident qarori bilan içki işlar vaziri örinbosari lavozimidan ozod qilingandi. 2020 yilning fevralida esa Qöqon şahar Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangandi.

Ma'lumot uçun, 2017 yil aprelidan Toşkent şahar IIBB boşliğining birinçi örinbosari avvalgi örinbosari bölgan Uluğbek Botiroviç Tursunov şu yilning mayida işdan olingandi.