Kanada va AQŞ çegarasida AQŞ prezidenti Donald Trampga ritsin zaharli moddasi solingan maktub jönatişda gumon qilingan şaxs uşlandi. Avvalroq maktub Kanadadan jönatilgani va bunda bir ayol gumon qilinayotgani ma'lum qilingandi.
Ayol Kanadadan AQŞga kiriş vaqtida qölga olingan. Ta'kidlanişiça, u qurollangan bölgan. Boşqa tafsilotlar keltirilmagan.
19 sentyabrda CNN telekanali ikkita manbaga tayanib Trampga zaharli modda solingan maktub jönatilgani haqida ma'lum qilgandi. Maktub içida öta xavfli ritsin moddasi bölgan. Keyinroq FQB zaharli jönatma uşlab qolinganini tasdiqlagan.
Bu AQŞ siyosatçilariga ritsin moddasi solingan jönatmaning birinçi marta yuborilişi emas. 2013 yilda Bostondagi teraktdan keyin AQŞning öşandagi prezidenti Barak Obamaga, respublikaçi senator Rojyer Uiker va Missisipi ştati sudyasi Seydi Xollandga ritsin solingan maktublar jönatilgan.
Ritsin ölimga olib kelişi mumkin bölgan öta xavfli zaharli modda hisoblanib, u kanakunjut mevalaridan olinadi.












