Farğona viloyatidagi umumta'lim maktablarining 89 nafar xodimida koronavirus aniqlangan. Bu haqda 21 sentabr kuni Farğona viloyati sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi matbuot kotibi Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.
Berilgan axborotga köra, 17 sentabr holatiga, viloyatda koronavirus tahliliga jami 947 ta maktabdan 51 620 nafar öqituvçi va boşqa xodimlar jalb etilgan bölib, şundan 44 475 nafar öqituvçi hamda 7 145 nafar boşqa texnik xodimlardan tahlil olingan.
«Natijada 89 nafar öqituvçi hamda işçi xodimlaridan musbat holati aniqlangan. Hozirda ularga şifokorlar tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari olib borilmoqda.
Viloyatda tahlil oliş jarayonlari davom etmoqda», – deyiladi SEOM ma'lumotnomasida.
Soğliqni saqlaş vazirligining 21 sentabr soat 23:30gaça bölgan ma'lumotiga asosan, Farğona viloyatida koronavirusdan davolanayotgan soni 12 kişini taşkil etadi. Rasmiy statistikada viloyatda koronavirus yuqtirganlar soni jami 379 kişi, tuzalganlar esa 366 nafar deb körsatilmoqda; faqat 1 kişi vafot etgani rasman tasdiqlangan.
Eslatib ötamiz, ötgan hafta Qaşqadaryo viloyatidagi maktablarning 855 nafar öqituvçisida koronavirus aniqlangani haqida xabar qilingaç, SSV unday emasligi, 855 nafar xodim koronavirusga gumon qilinganini bildirib bayonot bergandi. Oradan bir hafta ötdi hamki, vazirlik kasallikka gumon qilingan yuzlab öqituvçilar masalasida izoh bergani yöq, ularning qançasida haqiqatan ham COVID-19 çiqqaniga aniqlik kiritmadi.
Umuman, sentabr oyidan buyon respublikadagi umumta'lim maktablari öqituvçilari ommaviy ravişda COVID-19`ga test olinmoqda. Hozirgaça bu testlarning natijalari haqida alohida axborot berilganiça yöq.













