2020 yilning 8 oyida Özbekistonga xorijdan 73ta elektromobil import qilingan. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davri bilan soliştirilganda 53taga köp.
  
Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, bu yil Xitoydan – 50ta, Koreya Respublikasidan – 12ta hamda Germaniya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 11ta elektromobil import qilingan.

Ma'lumot örnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uçun 1,7 million AQŞ dollari sarflangan.