Joriy yilning 22 sentabr kuni soat 14:30larda, Toşkent viloyati Böstonliq tumani, Tovoqsoy qörğonida yaşovçi A.E. öziga tegişli bölgan “Matiz” rusumli avtomaşinasida harakatlanayotgan vaqtda ehtiyotsizligi oqibatida boşqaruvni yöqotib, transport vositasi "Bözsuv" kanaliga tuşib ketgan.

Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmatining bergan xabariga köra, avtomaşina suvga tuşib ketayotgan vaqtda haydovçi A.E. maşinadan tuşib qolişga muvaffaq bölgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga kelib tuşgan xabarga asosan, qutqaruv işlariga Çimyon yonğin-qutqaruv otryadining 6 nafar xizmatçisi jalb qilingan.

Qutqaruvçilarning sa'y-harakatlari natijasida maxsus yuk kötaruvçi avtokran yordamida transport vositasi suvdan olib çiqilgan.