Toşkent viloyatidagi Bözsuv kanalining ifloslanişi holati böyiça Boş prokuratura tomonidan «Toşkent suv ta’minoti» korxonasiga nisbatan jinoyat işi oçildi. Hozir Jinoyat Kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Tergov versiyasiga köra, «Toşkent suv ta’minoti» ifloslantiruvçi moddalarni taşlaydigan sanoat korxonalari bilan şartnomalar tuzgan, laboratoriya ölçovlarini ötkazgan va kimyoviy çiqindilarni kanalizatsiya tarmoğiga rasman qabul qilgan. Şu bilan birga, amaldagi me’yorlar kimyoviy oqova suvlarni kanalizatsiya tizimiga qabul qilişni taqiqlaydi. Jinoyat işi doirasida 70 dan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari tekşirilgan.
Xabar qilinişiça, Bözsuv aeratsiya stansiyasining birinçi çiqişi oqova suvlarining laboratoriya tahlili natijalariga köra, ifloslantiruvçi moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yorlardan sezilarli darajada oşgan: muallaq moddalar - 23,7 baravar, ammoniy ionlari - 101,9 baravar, azot nitriti - 3,5 baravar, sulfatlar - 2,3 baravar, fosfatlar - 1,3 baravar, neft mahsulotlari - 2,52 baravar, mis - 4,16 baravar, temir - 12,4 baravar.
Obektning uçinçi çiqarilişida ham ortiqça moddalar aniqlandi: muallaq moddalar - 22,1 marta, ammoniy ionlari - 19,9 marta, azot nitritlari - 8,5 marta, sulfatlar - 2,8 marta, fosfatlar - 1,3 marta, BPK - 17 marta, neft mahsulotlari - 1,78 marta, mis - 3,3 marta, temir - 3,6 marta.
Dastlabki örganiş davomida atrof-muhitni ifloslantirganlik va oqova suvlarni oqizganlik uçun 1,5 mlrd söm miqdorida qöşimça kompensatsiya tölovi hisoblangan.
Avvalroq, Bözsuv kanaliga rangli oqova suvlar oqizilayotgani töğrisidagi videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. «Özsuvta’minot» AJ bunga munosabat bildirib, tekstil korxonalarini «kanalizatsiya suvlarini tozalovçi inşootlarning işiga salbiy ta’sir körsatayotganlikda» ayblagan edi.













