14 fevral kuni Olmaliqdagi jazoni ijro etiş muassasasida 21 yoşli yigit «miokard infarkti»dan vafot etgani ma’lum qilindi. Marhumning onasi va huquq faollari uning tanasida qiynoq izlari borligini aytib, rasmiy versiyaga işonmayapti. 16 fevral kuni esa Tovoqsoydagi qamoqxonada boşqa bir mahkum devor bosib qolgani ortidan şifoxonada vafot etdi. Ombudsman va Toşkent maxsus prokuraturasi holatlarni örganmoqda.

15 fevral kuni Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirligi Jazoni ijro etiş departamentining Olmaliqdagi 14-sonli koloniyasidan 21 yoşli mahkum Muhammadqodir Pölatovning jasadi çiqdi.

Bu haqda xabar bergan Inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanov mahkumning onasi Nigora Qambarovaga tayanib aytişiça, u öğli Muhammadqodir bilan 26-28 yanvar kunlari uzoq muddatli uçraşuvda bölgan.

«Muhammadqodir sportning uşu yönalişida xalqaro turnirlar ğolibi, bolaligidan mazkur sport turi bilan şuğullangan. Biror marta soğliğidan şikoyat qilmagan, unda biror yondoş kasalliklar kuzatilmagan. 3 yilga qamalgan yolğiz öğlim avgustda manzil koloniyaga çiqişi kerak edi», degan mahkumning onasi.

Koloniya ma’muriyati 14 fevral kuni Muhammadqodirda miokard infarkti va pankreatitning oğir formasi kuzatilişi oqibatida vafot etganini aytgan. Nigora Qambarova esa öğlining badanida qiynoq izlari mavjudligi, elektroşoker iziga öxşaş çiziqlar borligini aytgan.

«Bizda şubha tuğdirgan hozirça yagona jihat – koloniya ma’muriyatining mahkumning oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgani haqida uning yaqinlariga xabar bermaganligidir. Qölimizda ekspertiza hujjatlari bölmagani bois mahkumning qiynoqdan ölim topganiga dalolat qila olmaymiz. Ammo koloniya ma’muriyatining jasadni yorib, söng yaqinlariga topşirguniça bölgan jarayonda ularga xabar bermagani mudhiş xatodir. Çunki onaning könglida ulkan gumon qoldi, 20 kun avval soppa-soğ körgan norğul bolasining öligini dabdurustdan qöliga tutqazişsa, onaning ahvolini tasavvur qilavering!» – deydi huquq himoyaçisi.

Holat yuzasidan munosabat bildirgan Boş prokuraturaning ma’lum qilişiça, Olmaliq şahar prokuraturasi xodimlari tomonidan voqea joyi va murda közdan keçirilgan. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga köra, fuqaro «miokard infarkti»dan vafot etgan.