Korrupsiyaga qarşi kuraş yönalişida DXX xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamentining hududiy boşqarmalari bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirlari davomida bir qator jinoyatlar aniqlanib, ularga çek qöyildi.

Jumladan, Navoiy viloyatida içki işlar organlariga işga kiritib qöyiş bilan boğliq firibgarlik holatiga çek qöyildi. Xususan, 2016 yilga qadar viloyat içki işlar boşqarmasida işlagan, iste'fodagi mayor mahalliy fuqaroni içki işlar tizimiga işga kiritib qöyiş uçun 6000 AQŞ dollari sörab, şundan 4000 dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Dastlabki tergovoldi suriştiruv harakatlari davomida, u mazkur pulni sobiq içki işlar xodimi, 1981 yil Toşkent şahrida tuğilgan qarindoşiga berişi kerakligi ma'lum böldi. Şundan söng tezkor tadbir Toşkent şahrida davom ettirilib, uşbu fuqaro ham 4000 dollarni olgan vaqtida uşlandi.

Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbir davomida Angren şahrida yaşovçi, 1962 yilda tuğilgan, hozirda vaqtinça işsiz bölgan fuqaro göyoki Milliy gvardiya tizimida işlovçi tanişlari orqali 4 nafar mahalliy yoşlarni işga kiritib qöyişini aytib, ularning har biridan 1500 AQŞ dollari talab qiladi.

Uşbu firibgar kimsa 1971 yilda tuğilgan, Nurafşon şahrida istiqomat qiluvçi, hozirda heç qayerda işlamaydigan jinoiy şerigi bilan birga söralgan 6000 AQŞ dollarini olgan vaqtida qölga olindi.

Qarşi şahrida yaşovçi, 1974 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan fuqaro savdo dökoni quriş uçun 4 sotix yer ajratiş töğrisida tanişlari orqali Qarşi şahar hokimining qarorini çiqartirib berişini aytib, yakka tartibdagi tadbirkordan 4500 AQŞ dollari olgan vaqtida DXX Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi va Departamentning hududiy boşqarmasi xodimlari tomonidan qölga olindi.

Buxoro viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda 1979 yil Jondor tumanida tuğilgan, 2017 yilgaça Buxoro davlat universitetida öqituvçi bölib işlagan fuqaro aldov yöli bilan abituriyentning işonçiga kirib, uni Buxoro davlat universitetiga öqişga kiritib qöyişni va'da qiladi va evaziga 3500 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Şuningdek, ayni bir paytda Buxoro davlat universiteti va tibbiyot kollejida öqituvçi bölib işlovçi şaxs Buxoro bank kollejida işlovçi özining hamtovoği bilan oldindan til biriktirib, 3500 AQŞ dollari evaziga bir abituriyentni Buxoro davlat universitetiga hamda 3000 dollar evaziga ikkinçi abituriyentni Buxoro muhandislik-texnologiyalari institutiga öqişga kiritib qöyişni va'da qilib, jami 6500 AQŞ dollari olayotgan vaqtida jinoyat ustida qölga tuşdi.