Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti Islom Karimovning birinçi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov 83 yoşida vafot etdi. Bu haqida Uz24 marhumning oila a'zolariga asoslanib xabar berdi.

Uning ölimi sababi ma'lum qilinmagan.

23 sentabr kuni ham Rahim Rajabovning ölimi haqida xabar tarqalgan, ammo bu ma'lumot tasdiqlanmagandi.

Foto: ÖzA

Ma'lumot uçun, Rahim Rajabov 1937 yilda Buxoro viloyatida, xizmatçi oilasida tuğilgan. 1960 yilda Toşkent şahridagi Örta Osiyo politexnika institutini (hozirgi Toşkent davlat texnika universiteti) tamomlagan.

Öz vaqtida «Uzbekselmaş» va Toşkent ekskavator zavodida rahbar lavozimlarida faoliyat körsatgan, sobiq SSSRning birinçi kompyuteri işlab çiqarilgan «Algoritm» zavodini loyihalaş va quriliş işlariga boşçilik qilgan va zavodni boşqargan.

1990 yildan 1997 yilgaça Özbekiston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari, Davlat kotibi va boş vazir örinbosari lavozimlarida işlagan.