Armanistonning Toğli Qoraboğ va Ozarboyjonning tutaş tumanlarini bosib olişidan boşlangan inqirozga çek qöyiş vaqti keldi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan.

 Uning sözlariga köra, Armaniston Ozarboyjonning bosib olingan yerlarini zudlik bilan böşatişi mintaqadagi tinçlik va barqarorlikka yöl oçadi.

«Ozarboyjonning sabri tugadi va Boku öz kuçi bilan arman istilosiga nuqta qöyadi», - dedi Erdöğan.

 Erdöğan Turkiya döst va birodar Ozarboyjonni qat'iyat bilan qöllab-quvvatlaşda davom etişini ta'kidladi.

Eslatib ötamiz, 27 sentabr kuni tongda Toğli Qoraboğda Armaniston va Ozarboyjon örtasida harbiy ziddiyat yana tiklandi. Ikki mamlakatda ham harbiy holat e'lon qilingan.