Hozirgi kunda imtihonda tuşayotgan masalalar abituriyentdan nafaqat nazariy bilim va test yeçiş mahoratini, balki kalkulyatorsiz hisoblaş, kuçli xotira va tezlikni ham talab qiladi. Köpçilik abituriyentlar özlariga mos ta'lim maskanini topa olmaganliklari sababli, kimyoni bir neça yildan beri örganişlariga qaramay test yeçişni örgana olişmaydi.
Aynan şunday abituriyentlar uçun «OPTIMAL TA'LIM» öquv markazi individual yondaşuvni taklif qiladi.
Markazning kimyo fani öqituvçisi Jamşid Qayumovning sözlariga köra, abituriyentlarni ularning fe'l-atvori va ma'lumotni qabul qiliş usuliga qarab guruhlarga bölib öqitiş – eng samarali usullardan biri hisoblanadi, çunki turli fe'l vakillari turliça öquv metodi va yondaşuvni talab qiladi.
«Bilamizki, inson temperamenti tört xil böladi: xolerik, melanxolik, sangvinik va flegmatik. Ma'lumotni qabul qilişiga köra esa uç turga bölinadi: vizual, audial va kinestetik. Misol uçun, bir çiziq çizib, xolerik insonga şu çiziqdan ötmaslik aytilsa, u ataylab çiziqdan ötib köradi. Bunday insonlar masalalarni tenglama usulida yaxşi yeçişadi. Xolerik öquvçilarimga masalalarni asosan matematik usulda yeçişni örgataman.
Agar öquvçi sangvinik bölsa va unga çiziqni kesib ötmaslik aytilsa, u baribir çiziqni kesib ötadi, lekin darrov ortga qaytadi va yana kesib ötiş haqida öylaydi. Bunday insonlar özgaruvçan bölib, turli narsalarni sinab körişga qiziqadilar. Sangvinik öquvçilarga masala yeçişning turli usullari körsatiladi, çunki ular qiziquvçan bölişadi. Ular asosan diagonal usulida masala yeçişni yoqtirişadi. Biz odatda xolerik va sangviniklarni vizual degan guruhda öqitamiz, çunki ularda körib, eslab qoliş qobiliyati kuçli va ular taşqi muhit bilan yaxşi aloqa qila olişadi, ya'ni insonlar bilan yaxşi çiqişadi va bilmaganlarini uyalmay söray olişadi.
Flegmatiklar hamma işni qonun-qoida asosida bajarişga harakat qilişadi. Odatda biz ularni audial guruhga qabul qilamiz, çunki ularda eşitib, eslab qoliş yaxşi rivojlangan böladi. Ular boşqalarga ham yordam berişga moyil bölişadi.
Melanxoliklarda öziga işonç past darajada böladi. Bunday öquvçilar masala yeçişda biror yangi usul topişga qiynalişadi, topişsa ham özlariga işonişmaydi. Ularni xolerik va sangviniklar bilan bir guruhda öqitmaslik kerak, çunki soyada qolib ketişlari mumkin. Melanxolik öquvçilarni biz alohida kinestitiklar guruhida öqitamiz, çunki ular masalani özlari yeçib körib, boşqalarga tuşuntirişsa yaxşi eslab qolişadi», deya Jamşid Qayumovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.









