Joriy yilning 1 sentabr holatiga Özbekistonda xorijdan import qilingan avtomobil benzini hajmi 90,1 mln. litrni taşkil etib, ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 87 mln. litrga oşgan.
Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, ötgan sakkiz oy mobaynida import qilingan benzinning eng köp hajmi Qozoğiston (47,7 mln. l.), Rossiya (36,5 mln. l.), Turkmaniston (5,6 mln. l.) va 232,1 ming litr bilan Qirğiziston Respublikasi hissasiga töğri kelgan.
Ma'lumot örnida, 2020 yilning 1 sentabr holatiga köra, Özbekistonda 694,2 ming tonna benzin işlab çiqarilgan.











