Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligiga qanday huquqlar berilişi kutilayotgani ma’lum böldi
|02:06 / 30.09.202022 9896 min
Agentlikka köplab turdagi hujjatlarni örganiş uçun talab qilib oliş, huquqni muhofaza qiluvçi organlardagi korrupsiya holatlarini örganiş, dastlabki tergov harakatlarini olib boriş, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar yuzasidan davlat va bank sirlariga taalluqli ma’lumotlarni töğridan töğri oliş kabi vakolatlar berilişi kutilmoqda.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
«Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi töğrisida»gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Taklif etilayotgan loyihaga köra, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bevosita Özbekiston Respublikasi Prezidentiga böysunadi. Agentlik öz faoliyatining asosiy yönalişlari yuzasidan Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor etib belgilanadi.
Agentlik direktori va uning örinbosarlari vakolat muddatini beş yil etib belgilaş va mazkur lavozimlarga surunkasiga ikki martadan köp tayinlanişni taqiqlaş nazarda tutilgan.
Qonun bilan, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga quyidagi huquqlarni beriş közda tutilmoqda:
budjet mablağlarining sarflanişi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinişi, davlat xaridlari, davlat qarzlari, davlat taşkilotlari tomonidan özlaştiriladigan xalqaro kredit va grant mablağlari, investitsiya loyihalarining amalga oşirilişi va davlat dasturlari bajarilişi bilan boğliq materiallarni talab qilib oliş va örganiş;
öz vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan örnatilgan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiliş;
jismoniy va yuridik şaxslarning korrupsiya masalalari böyiça murojaatlarini, şuningdek anonim murojaatlarini ham körib çiqiş hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklaş va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça çoralar köriş;
davlat organlari va taşkilotlari, şu jumladan huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatida korrupsiya holatlarini örganiş;
offşor hududlar orqali amalga oşiriladigan moliyaviy operatsiyalar, hayriya, sport va boşqa taşkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş alomatlari mavjud holatlarni va korrupsiya holatlarini örganiş;
davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat uluşi bölgan korxonalar, şu jumladan banklarda korrupsiyaga qarşi komplayens nazorat tuzilmalar xodimlarini lavozimga tayinlaş va ozod qilişda kelişiş hamda faoliyatini muvofiqlaştiriş;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilişining sabab va şart-şaroitlarini aniqlaş, tizimli korrupsiyaning rivojlaniş tendensiyalarini tahlil qiliş maqsadida qonunçilik, şu jumladan jinoyat-protsessual qonunçiligiga muvofiq jinoyat işlari materiallarini, şuningdek vakolati doirasida tekşiruv, suriştiruv, tergov va sud materiallarini talab qilib oliş va örganiş;
xatti-harakatlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik alomatlari bölgan şaxslarga nisbatan töplangan materiallarni qonuniy çora köriş uçun vakolatli organlarga yuboriş;
Mavzuga oid
öziga yuklatilgan vazifalarni tezkor va öz vaqtida bajariş maqsadida vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazasi, röyxati va boşqa körinişdagi axborot tizimidan foydalaniş;
obektni deklaratsiya qiliş, uning narxini (bahosini) ekspertizadan ötkaziş tartibini belgilaş;
mol-mulk va daromadlarni deklaratsiya qiliş qoidalarini buzgan mansabdor şaxs va fuqarolarga oid materiallarni qonuniy çora köriş uçun vakolatli organlarga yuboriş;
davlat xizmatçilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qiliş yöriqnomasi hamda şaklini tasdiqlaş;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar yuzasidan davlat va bank sirlariga taalluqli bölgan, şuningdek boşqa qonun hujjatlari bilan himoyalangan ma’lumotlarni töğridan-töğri oliş;
korrupsion huquqbuzarliklar oqibatida orttirilgan mol-mulklarning qaytarilişi böyiça harakat va işlarni muvofiqlaştiriş;
körib çiqilayotgan işlar böyiça huquqni muhofaza qiluvçi organlarning kuç va vositalaridan foydalaniş;
örganişda bölgan materiallar böyiça jazoni ijro etiş muassasalari, tergov hibsxonalari, vaqtinça saqlab turiş muassasalari va boşqa taşkilotlarga moneliksiz kiriş va hujjatlar bilan tanişiş;
davlat qarzlari, xalqaro kredit va grant mablağlarining maqsadli sarflanişini nazorat qiliş;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar böyiça ma’muriy suriştiruv harakatlari ötkaziş;
Özbekiston Respublikasining obrösiga salbiy ta’sir körsatadigan hamda davlat va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadigan korrupsion huquqbuzarliklar yuzasidan tezkor qidiruv, tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv va dastlabki tergov harakatlarini olib boriş;
davlat organlari hamda ularning mansabdor şaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini töxtatiş yoki bekor qiliş töğrisida bajarilişi majburiy bölgan taqdimnomalarni kiritiş;
davlat organlari hamda ularning mansabdor şaxslari korrupsiya belgilari aniqlangan qarorlarini bekor qiliş töğrisida sudlarga ariza kiritiş;
korrupsiyaviy huquqbuzarliklar orqali topilgan mol-mulkni davlat daromadiga ötkaziş töğrisida sudlarga da’vo arizalar kiritiş;
vakolati doirasida örganilayotgan masalalar yuzasidan işga aloqador şaxslarni çaqiriş va tuşuntiriş oliş;
Agentlikning taqdimnoma, ogohlantiriş va sörovlariga vaqtida javob bermaslik yoxud e’tiborsiz qoldiriş holatlari yuzasidan ma’muriy bayonnomalar tuziş;
davlat organlari, taşkilotlari va ularning mansabdor şaxslariga körib çiqilişi majburiy bölgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka yöl qöymaslik töğrisida ogohlantirişlar hamda korrupsiyani keltirib çiqaruvçi sabab va şart-şaroitlarni bartaraf etiş çoralarini köriş töğrisida taqdimnomalar kiritiş.
Agentlikning ogohlantiriş, taqdimnoma, sörov va murojaatlari ön kun içida körib çiqilişi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilişi şart etib belgilanişi kutilmoqda.
Loyihaga köra, agentlik xodimlari xizmatni ötaş davrida daxlsizlik huquqiga ega böladi. Agentlik direktorining roziligisiz agentlik xodimi jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilişi, şuningdek qamoqqa olinişi mumkin emas, deb belgilaş taklif etilmoqda.