Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi hududida taşilayotgan taşqi savdo yuklarining bojxona nazorati ostidagi taşuvlarini soddalaştiriş, şuningdek taşqi iqtisodiy faoliyat qatnaşçilarini yanada qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi. 

Bojxona nazorati ostida avtomobil yöllari orqali taşilayotgan tovarlarning bojxona hamrohligidagi kuzatuvini taşkil etiş tartibi töğrisida nizom tasdiqlanadi.

Bojxona hamrohligida kuzatib boriladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylaştiruvi jönatuvçi hamda manzil bojxona postlarida, şuningdek qabul qiliş-topşiriş punktlarida ustuvor tartibda amalga oşirilişi ta'minlanadi.

Belgilanişiça, 2020 yil 1 noyabrdan boşlab:

bojxona tölovlari tölanişi ta'minlanganda, tirik hayvonlar bojxona nazorati ostida taşilayotgan transport vositalari bojxona hamrohligidagi kuzatuvdan ozod etiladi;

qöl yuki sifatida bojxona nazorati ostida taşilayotgan çet el tovarining bojxona hamrohligidagi kuzatuvi, bojxona çegarasi orqali amalda olib ötayotgan şaxsning javobgarligi ostida, tasdiqlanayotgan nizom talablariga muvofiq, uşbu şaxsga tegişli yoki u tomonidan ijaraga olingan (yollangan) yoxud boşqa transport vositasida amalga oşirilişiga istisno tariqasida ruxsat etiladi;

Davlat bojxona qömitasi tomonidan bojxona rasmiylaştiruvi jarayonida taqdim etilgan bojxona tölovlari tölanişi ta'minlangan summasi qabul qilinmaganda, bojxona posti xodimi tomonidan şu vaqtning özida Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali rad etiş sabablarini körsatgan holda, vakolatli şaxsni xabardor qiliş mexanizmi joriy etiladi.

Çet el tovarlarini taşiş jarayonida bojxona tölovlari tölanişini ta'minlaşni vakolatli şaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv şaklda özaro hamkorlik asosida hisobga oliş va nazorat qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 maydagi “Özbekiston Respublikasi hududida taşilayotgan tovarlarni bojxona tomonidan nazorat qilişni kuçaytiriş töğrisida” 239-son qarori öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi.