Vaqf xayriya jamoat fondi boşqaruv raisi Iskandar Xalilovning muallifligida «Vaqf va unga boğliq hukmlar» nomli risola naşrdan çiqdi. Uşbu risolada Islom fiqhida mulkçilikning alohida turi bölgan vaqf va unga boğliq hukmlar işonçli manbalar asosida bayon etilgan. Şuningdek, kitobda vaqfga oid köp uçraydigan masalalar va ularning yeçimlari haqida söz boradi. Bu haqda fondning Telegram kanalida xabar qilingan.
“Vaqfga doir hukmlar Islom fiqhida alohida örganilgan. U qoidalar va dalillarni öz içiga oladi. Şu jihatdan, bu mavzudagi fiqhiy hukmlarni tuşuniş alohida örganişni talab etadi”, - deyiladi muallif sözboşisida.



Öquvçi «Vaqf va unga boğliq hukmlar» kitobida “vaqfning ahamiyati qanday?”; “vaqf qilişning hikmati nima?”; “Islom tarixidagi birinçi vaqf?” kabi savollarga ham diniy, ham zamonaviy jihatdan aniq javoblar oladi.
Risola Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning 2050-sonli xulosasi bilan çop etilgan, deyiladi xabarda.












