Hindiston koronavirusdan kunlik kasallaniş sur'atlari böyiça dunyoda 1-örinni egallayotganiga qaramay, mamlakatda mart oyida kiritilgan karantin çeklovlarining navbatdagi - 5-bosqiç yengillaştirilişiga ötilmoqda.  

Bu bosqiç davomida 15 oktyabrdan maktablar va kollejlar, kinozallar va köngiloçar boğlar oçilişiga ruxsat berildi. Biroq taşrifçilar soni 50 foizdan oşmasligi lozim.

“Masofadan öqiş hamon amal qiladi. Maktablarga qatnaş majburiy bölmasligi va öquvçilar ota-onalari bilan kelişilgan holda amalga oşirilişi lozim”, deyilgan xabarda.

Biroq çeklovlarning yengillaştirilişi 65 yoşdan kattalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklarga ega odamlarga taalluqli bölmaydi. Ularning koronavirusga çaliniş darajasi yuqori bölgan hududlarda harakatlanişi çeklanadi. Bunday hududlarda çeklovlar 31 oktyabrgaça saqlanib qoladi. 

Ayni vaqtda Hindistonda koronavirusga çalinganlar soni 6,2 mlndan, virusdan vafot etganlar soni esa 97 mingdan oşib ketdi. Mamlakat kunlik kasallaniş sur'atlari böyiça dunyoda 1-örinni, jami kasallanganlar soni böyiça AQŞdan keyin 2-örinni, ölimlar soni böyiça AQŞ va Braziliyadan keyin 3-örinni egallamoqda.