Bloger videodagi yöl-yöl köylak kiygan yigit 20 yoşli Dilşod Ismoilov bölişi mumkinligi va uning qölida qurolga öxşaş jism borligiga e'tibor qaratgan.
Toşkent şahar IIBB saytida joriy yilning 11 iyun kuni joylaştirilgan ma'lumotda 8 iyun kuni Yakkasaroy tumanida bir guruh şaxslar tomonidan bezorilik holati sodir etilgani, uşbu holat yuzasidan Dilşod.I (20 yoş), Mirsobit (20 yoş), Elmurod (19 yoş) va Humoyun (19 yoş) ismli şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgani aytilgan.
Bloger öz sahifasida joylangan video 56 yoşli ota va uning 30 yoşli öğli tan jarohati olişiga sabab bölgan mazkur hodisa vaqtida tasvirga olingan bölişi mumkinligini yozmoqda.
Avvalroq, Olmaliq şahar hokimi Usmon Rahimovning öğli Dilşod Ismoilov Toşkent şahri böylab avtotransport vositasida katta tezlikda harakatlanib, bu jarayonni tasvirga olgan va buni TikTok servisidagi sahifasiga joylagani şov-şuv bölgandi.
Keyinroq yöl harakati qoidalarini buzgani uçun Dilşod Ismoilov jarimaga tortildi.
2019 yil avgustidan buyon Olmaliq şahriga hokimlik qilib kelayotgan Usmon Rahimov «Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatda video tört-beş oy muqaddam tasvirga olingani va öşandan buyon öğliga rulga ötirişni taqiqlaganini ma'lum qilgan.
Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi ma'lumotlariga köra, mazkur haydovçi 2019 yilda 8ta huquqbuzarlik sodir etgani qayd etilgan («Transport vositalari haydovçilarining belgilangan harakat tezligini oşirib yuborişi»), 2020 yilda ham u tomondan sodir etilgan huquqbuzarliklar soni 8tani (bular ham tezlikni oşiriş bilan boğliq) taşkil etmoqda.








