Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan agarda kurd qurolli guruhlari Suriya şimolini tark etmaydigan bölsa, Turkiya Suriyada yangi operatsiya boşlaşi mumkinligini aytdi.
Uning sözlariga köra, Turkiya harbiylari mamlakat çegaralari böylab «tiklaşga harakat qilingan» terroristik yölakni yöq qilişlari orqali Anqara «suriyalik qardoşlar yolğiz emasliklarini» körsatgan.
«Suriyada hali ham mavjud terroristik hududlar bizga va'da berilganidek tozalanişi lozim yoki özimiz borib şu işni amalga oşiramiz», - dedi u.
Erdöğan Turkiya Suriyaning Idlib viloyatida yangi gumanitar halokatga olib keladigan har qanday qadamga qarşi çiqişini ta'kidladi.
2019 yil oktyabrda Rajab Toyyib Erdöğan Suriyada kurdlar va IŞIDga qarşi «Tinçlik buloği» operatsiyasi boşlanganini e'lon qilgandi. Noyabr boşlarida Rossiya va Turkiya operatsiyani töxtatib turiş, Suriya-Turkiya çegarasida xavfsizlik hududi taşkil etiş va mintaqani qöriqlaşga kelişib olişgan.












