Nokia arzon televizorlar işlab çiqarmoqda, deb yozadi Nokiapoweruser naşri. Naşr jurnalistlari kompaniya saytidagi yangi turkumdagi televizorlar tizerlari va manbalariga tayanişmoqda.

Ularning ma'lumot berişiça, kompaniya Hindistonda ekrani diagonali 32 va 50 dyuym bölgan Nokia Smart TV televizorlari taqdimotini ötkazadi. Full HD ekranga ega birinçi modelning narxi 21 999 rupiy (300 dollar)ga teng böladi.

 Ikkinçi model diagonali 50 dyuym bölib, DTS TruSurround va Dolby Audio texnologiyalarida işlaydi. U Android operatsion tizimi va Google Assistant yordamçisiga ega böladi. Televizorning narxi 36 999 rupiy (504 dollar) böladi.

Har ikki televizor Onkyo audiotizimi bilan jihozlangan. 

 Jurnalistlarning qayd etişiça, kompaniya 2019 yil dekabrda öz televizorlarini muvaffaqiyatli taqdim etganidan söng uşbu yönalişga qiziqib qolgan. Öşanda Nokia ekrani diagonali 55 dyuymli 4K televizorini bozorga çiqargandi.