Buxoro viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Ilhom Narziyev boşqa işga ötganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruğiga asosan Ğofur Normurodoviç Saidov viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

Ğofur Saidov 44 yoşda bölib, 2000 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Tibbiyot fanlari nomzodi. Buxoro viloyat onkologiya dispanseri boş vraçi, Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi direktori örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U şu kunga qadar Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali direktori vazifasida işlab kelayotgan edi.











