«Özbekçorvanasl» agentligi boşqarma boşliği Nargiza Omonboyeva yem mahsulotlari narxi oşişi bozorlarda göşt narxi oşişiga olib kelmasligini aytib ötdi.
«Yem mahsulotlari narxining oşişi göşt narxi oşişiga olib kelmaydi. Masalan, konsentrant yem ozuqasining narxi oşsa, hamma göşt narxi ham oşadi, deb hisoblaydi. Qoramol ötxör hayvon, konsentrant yem ozuqasi esa uning yemişining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Hozir yem-xaşak muammosini hal qiliş uçun xorijdan hosildorligi yuqori bölgan uruğlarni xarid qiliş işlari olib bormoqda», dedi agentlik vakili.
Toşkent viloyati Veterenariya va çorvaçilikni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Nodir Mahmudovning qayd etişiça, paxtaçilik klasterlarining 10 foiziga çorvaçilik uçun ozuqa ekişga, fermer xöjaligi uçun ajratilgan yerlar buğdoy va paxtadan ozod qilinib, hayvonlar uçun ozuqa yetiştirişga ruxsat berilganini aytib ötdi.
Bundan taşqari, «Özbekçorvanasl» agentligi boşqarma boşliği Matyoqub Matyoqubovning qöşimça qilişiça, respublikada 350 ming gektardan ortiq yerga ozuqabop ösimliklar ekilgan. Fermer xöjaliklarining özi 190 ming gektardan ortiq yerga ozuqabop ösimliklar yetiştiradi.
Kun.uz muxbiri yaylovlar tanqisligi tufayli aholi çorva boqmay qöyayotganini, yem-xaşak narxi göşt qimmatlaşişiga bevosita ta'sir qilişi haqida aytib, yaylovlarni kengaytiriş uçun qanday işlar qilinayotgani haqida savol bilan murojaat qildi.
«Respublikada 90 foiz qoramol aholi qaramoğida hisoblanadi. Qolgan 10 foizi esa fermer xöjaliklari ixtiyorida. Albatta, fermer xöjaliklarida qoramol sonini köpaytiriş böyiça işlar qilinmoqda. Qoramollarning göşt-sut yiğişida uning zoti ham rol öynaydi.
Hozir har bir tumanda 2tadan alohida fermer xöjaliklari taşkillaştirilyapti, ularda qoramollar soni köpaytirilmoqda.
Har bir fermer xöjaligidagi mollarni ozuqa bilan ta'minlaş uçun yaylovlar hududi ham kengaytirilmoqda», deya javob berdi Matyoqub Matyoqubov.
Nargiza Omonboyeva oilaviy kooperatsiyalar ham takşil etilayotganini aytib ötdi.
«Bunda ozuqa bazasi, texnikasiga ega bölgan katta xöjalik atrofida önga yaqin oilalar birlaşadi. Oilalar faqat çorva parvarişi bilan şuğullanadi. Ozuqa va kerakli narsalarni esa xöjalik ta'minlab beradi.
















