Soğliqni saqlaş vazirligi Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva işi böyiça rasmiy munosabat bildirdi.

«Hozirda Toşkent viloyati yuqumli kasalliklari şifoxonasi boş şifokori, viloyat boş infeksionisti Guljahon Yöldoşevaning qamoqqa olinişi masalasi internet tarmoğida keng muhokamalarga sabab bölmoqda.

Özbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 36-moddasiga köra, tergovçi tergovning yönalişi va tergov harakatlarini yuritişga oid barça qarorlarni, prokuror ruxsatini oliş qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mustaqil ravişda qabul qiladi.  

Mazkur kodeksning 14-moddasiga köra, odil sudlovni amalga oşirişda sudyalar mustaqil faoliyat yuritib, faqat qonunga böysunadilar. 

Sudyalar va xalq maslahatçilarining odil sudlovni amalga oşiriş borasidagi faoliyatiga biror-bir tarzda aralaşişga yöl qöyilmaydi va bunday aralaşuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi. 

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi yuqoridagi idoralar faoliyatiga aralaşişga haqli bölmasa-da, Guljahon Yöldoşeva ayol kişi ekanligi hamda qaramoğida 6 nafar voyaga yetmagan farzandi borligini inobatga olgan holda, prokuratura idoralaridan boşqa ehtiyot çorasini tanlaş masalasini körib çiqişni söraydi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori, viloyat boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva koronavirus kasalligiga çalingan bemor ölimiga sababçi böliş va 250 million söm mablağni talon-toroj qilişda ayblanib, hibsga olingandi. Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (ehtiyotsizlik orqasidan odam ölişiga sabab bölgan kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Prokuratura bayonotiga köra, ayblanuvçi Guljahon Yöldoşeva tergov harakatlarini amalga oşirişga tösqinlik qilayotgani, öziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgani, u tomonidan sodir etilgan jinoyat oğir jinoyatlar turkumiga kirişi, şuningdek, uning jinoiy faoliyat bilan şuğullanişiga barham beriş, qoçib ketişining, dalillarni yaşirişi yoki yöq qilib yuborişining oldini oliş maqsadida protsessual tartibda uşlanib, sudning 9 sentyabrdagi ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.

5 oktabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning tönğiç qizi – Gender tenglikni ta'minlaş masalalari böyiça komissiya a'zosi Saida Mirziyoyeva prokuraturadan Guljahon Yöldoşevaga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasini özgartirişni