Sönggi marta 3 sentabr kuni Tojikiston milliy jamoasiga qarşi örtoqlik bahsida maydonga tuşgan vakillarimiz milliy çempionatimiz futbolçilaridan taşkil topgan tarkib bilan qöşni mamlakat jamoasini mağlub etgan (2:1) bölsa, bu safar ança kuçli raqib sanalmiş Eronga qarşi öyinda murabbiylar ştabi Odil Ahmedovdan taşqari qolgan barça özi istagan legionerlarni ham taklif eta olgan.

Odil Ahmedov nega tarkibda yöq?

Boş murabbiy Vadim Abramov avvalroq Tribuna.uz saytiga bergan intervyusida Odil Ahmedov yangi klubi «Tyanszin Teda» safida endi öyinlarga kirişgani va futbolçi Özbekistonga kelgan taqdirda yana Xitoyga qaytganidan keyin 14 kunlik karantinga saqlanişi sababli milliy jamoaning bu safargi yiğiniga çaqirilmaganini tuşuntirdi.

Özaro öyinlar: Özbekiston Toşkentda Eronga gol ura olmagan

Özbekiston milliy jamoasi bugungi kunga qadar Eron milliy jamoasiga qarşi jami 10ta öyin ötkazib, forslarni Toşkentda mağlub etiş u yoqda tursin, raqib darvozasiga gol ham ura olmagan. 10 öyindan 8tasida Eron ğolib bölgan, 1 öyinda durang va yana bir bahsda Uluğbek Baqoyevning Tehrondagi yagona goli Özbekiston milliy jamoasiga bu raqib ustidan qozonilgan yagona ğalabani keltirgan. Töplar nisbati 2-13 – forslar foydasiga. Vakillarimiz bugungi bahsda Toşkentdagi noxuş an'anani buzişga intilişadi.

Özbekiston – Eron. Özaro öyinlar:

11.09.2018. Özbekiston – Eron – 0:1

19.05.2018. Eron – Özbekiston – 1:0

12.06.2017. Eron – Özbekiston – 2:0

06.10.2016. Özbekiston – Eron – 0:1

11.06.2015. Özbekiston – Eron – 0:1

14.11.2012. Eron – Özbekiston – 0:1

03.06.2012. Özbekiston – Eron – 0:1

05.09.2009. Özbekiston – Eron – 0:0

11.07.2007. Eron – Özbekiston – 2:1.

Uçraşuvni Jasur Muxtorov boşqaradi

Özbekiston milliy jamoasining «Paxtakor» stadionida keçadigan Eronga qarşi bahsini özbekistonlik hakamlar boşqarib borişadi. Öyinga Jasur Muxtorov boş hakam sifatida tayinlangan.