Şu yil boşida Samarqanddagi «Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti sobiq birinçi prorektori Azamat Akbarovning xorijda olgan PhD ilmiy daraja diplomi qalbaki bölib çiqqani aytilgan va u işdan olingan edi. Universitet oradan 9 oyga yaqin vaqt ötib, bu haqdagi xabarlarga raddiya berdi va ulardagi iddaolar öz isbotini topmaganini ma'lum qildi.

Universitet matbuot xizmatiga köra, Azamat Akbarov diplomi soxta bölgani uçun emas, balki öz xohişiga köra işdan böşatilgan.

«Vakolatli organlar tomonidan olib borilgan tergov harakatlari natijasida uşbu ayblov öz isbotini topmagan va bugungi kunda jinoyat işi tugatilgan», — deyiladi raddiyada.

Kun.uz uşbu mavzu atrofida paydo bölayotgan savollarga javob oliş maqsadida Azamat Akbarov bilan intervyu taşkil qildi.

Prorektor bilan intervyu davomida boşqa mavzular, xususan Özbekistondagi oliy ta'lim muammolari, tuşunarsiz qolayotgan kredit modul tizimi, onlayn darslar, moliyaviy mustaqillik olgani da'vo qilinayotgan OTMlar haqida ham söz bordi.

— «Ipak yöli» turizm xalqaro universitetiga kelişingiz, bu yerda sizga qanday vazifalar qöyilgani hamda qisqa iş faoliyatingiz davomida bu vazifalarning qançasini amalga oşira olganingiz haqida gapirib ötsangiz.

— Çet eldaligimda tajribalarimni vatanimda joriy etişni maqsad qilgandim. Bu yerdagi maqsadim – öqiş tizimini xalqaro andozalar asosida taşkil qiliş va uni davlatning «yumşoq kuçi»ga aylantiriş edi.

Masalan, hozirda dunyoning eng yaxşi universitetlari 100taligining 60ga yaqini AQŞdagi universitetlar hisoblanadi. Janubiy Koreya ham butun dunyoga universitetlari bilan tanilmoqda.

«Ipak yöli» turizm xalqaro universitetini oçişdan maqsad – uni Özbekistonning «yumşoq kuçi»ga aylantirib, filiallarini xorijiy davlatlarda ham oçiş va bu orqali iqtisodiy foyda topiş közlangan.

Universitetda darslar 5 kun va bu kunlarda talabalar faqat 5ta fan öqiydi. Talabalar özlarini qiziqtirgan boşqa fanlarni internetdan örganişlari mumkin böladi. Ularga dars berişda köproq amaliyot va kamroq nazariya usulidan foydalaniş kerak. Universitetning maqsadi talabalarga Özbekistondan çiqmay turib, xorijiy universitetlar ta'limini beriş.