Kun.uz oliy ta’lim muammolariga bağişlab rasmiylar va şu yönalişdagi ekspert bilan intervyu taşkil qildi. Suhbatda ta’lim böyiça ekspert, professor Azamat Akbarov ham qatnaşib, top reytinglar masalasida öz fikrlarini bildirdi.
“Har bir universitetni taşkil etişdan maqsad böladi. Masalan, oliygohlar joylaşgan hududini, davlatini rivojlantirişi kerak böladi. Yevropa, Amerika tajribasidan kelib çiqsak, har bir universitetga boğliq şartlar bor. Hozirgi davr universitetlari — birinçi avlod universitetlari, ya’ni 1970-80-yillardagi OTMlardan farqli ravişda faqatgina internetdagi bor ma’lumotni olib, auditoriyaga yetkaziş emas, balki öşa ma’lumotni tahlil qilib, yangi qöşilgan qiymat bilan mahsulotni yarata oladigan kadrni çiqariş kerak bozorga. Bu bilan birga çiqadigan kadrlar bozorda iş beruvçilarning işonçini qozonadigan bölsa, bu öşa davlatning YaIMga katta hissa qöşgan böladi. Demak, biz bor bölgan vatandoşlarni çet elga emas, ularni Özbekistonning özida saqlab, viloyatlarning turli xil burçaklarida iş bilan ta’minlaşimiz, bu Özbekistonni iqtisodiy reytinglarda ilğor davlatlar qatoriga qöşa oladigan omil hisoblanişi kerak.
Agar top 500 talikka kirgan universitetlarni olsak, ular ham qandaydir statistika uçun kirişmagan, ular aynan öşa davlatning iqtisodiy drayverlari hisoblangan mahsulotlarni yetkazib beroladigan 3.0, 4.0 universitetlar sanaladi. Demak, OTMning mingtalik, beş yuztalikka kirişi qoğozda böladigan jarayon emas. Hozir YaIM böyiça neçançidir örinda turgan bölsak, universitetlarni 500 talikka kiritsak, bu bilan biz iqtisodiy natijani yana oşirib, kuçli 50 talikka kirişimiz mumkin böladi.
Reytinglarga biroz nazar taşlasak, 2019 yilda qöyilgan vazifa mana 2023 yil keldiki, biror universitetimiz top mingtalikka kirmagan. Nima uçun top mingtalikka kirmagan? Buning öziga yaraşa omillari bor. Agar ilğor reytinglar şartlariga qaraydigan bölsak, buning juda köp mezonlari bor. Şularning asosiy 3tasini aytib ötsam, bular: akademik nufuz, iş beruvçilar orasidagi nufuz hamda maqolalarga berilgan iqtiboslar.
Akademik nufuz nimani anglatadi? Hozir köp universitetlar haqiqatan ham Scopus jurnallarida maqola çiqarişga harakat qilişmoqda. Bu yaxşi, albatta. Lekin Scopus jurnalida çiqadigan maqola bor va öşa maqolaning boşqalar tomonidan e’tirof etilişi bor. Ikkinçisi eng muhim element hisoblanadi. Biz milliardlab tölab, jurnallarda kör-körona maqola çiqaryapmiz, ammo öşa maqolaga heç kim qiziqmaydi. Bu – bizning eng katta muammoyimiz. Akademik nufuz deganda, çiqarilgan maqolaga dunyo böyiça munosabat, ta’sir bölişi kerak. Amerikada bir maqola çiqsa, uning ta’sirini Özbekiston, Xitoy yoki dunyoning boşqa davlatlaridan turib biz his qilamiz. Demak, agar biz faqatgina bor bölgan KPI reytinglarini töldiriş uçun maqola çiqaradigan bölsak, lekin uning dunyo miqyosida ta’siri bölmaydigan bölsa, universitetlar şu yerning özida 40 foizni yöqotyapti. Ya’ni bizda nomigagina Scopus'da maqola bor, lekin uning işlab çiqariş, dunyoning rivojlanişiga yoki boşqa iqtisodiy drayverlarga hissasi qöşilmaydi. Bu birinçisi.







