Samarqanddagi «Ipak yöli» turizm xalqaro universitetining birinçi prorektori Azamat Akbarov şu yil boşida lavozimidan böşatilgan, bunga sabab sifatida uning falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja diplomi qalbaki deb topilgani körsatilgan edi. Universitet rektori boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov bölgani bois amalda turizm universitetining içki işlarini boşqargan Azamat Akbarov atrofidagi bu voqealar şov-şuvlarga sabab bölgandi.

Bugun, 29 sentabr kuni «Ipak yöli» turizm xalqaro universitetining rasmiy saytida Azamat Akbarovning diplomi soxtaligi haqidagi xabarlarga raddiya paydo böldi. Unda aytilişiça, Akbarov diplomi soxtaligi uçun emas, öz arizasiga köra işdan ketgan.

Şuningdek, xabarda Azamat Akbarovning diplomi soxtaligi töğrisidagi ayblovlar tergov suriştruvlari davomida öz isbotini topmagani aytilgan.

«2020 yil yanvar oyida OAVda «Ipak yöli» turizm xalqaro universitetining birinçi prorektori Azamat Akbarovning diplomi soxtaligi yuzasidan maqolalar berilgan edi. Uşbu maqolalarga köra, Azamat Akbarov universitetning birinçi prorektorligidan diplomi soxta bölganligi sababli böşatildi, deb iddao qilingan. Vaholanki, Azamat Akbarovning öz xohişiga köra u bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.

Vakolatli organlar tomonidan olib borilgan tergov harakatlarida uşbu ayblov öz isbotini topmagan va bugungi kunda jinoyat işi tugatilgan.

Ta'kidlaş lozimki, Azamat Akbarov «Ipak yöli» turizm xalqaro universitetida faoliyat yuritgan davrda uşbu universitetning faoliyatini xalqaro talablarga mos ravişda taşkil etiş, uning nufuzini yanada oşirişga qaratilgan bir qator ijobiy işlar amalga oşirilgan. Xullas, haq öz örnini topdi», – deyilgan bayonotda.

Kun.uz muxbiri Azamat Akbarovning özi bilan boğlandi. Uning aytişiça, universitetga qaytişi kutilmoqda va bu borada taklif olgan.

Turizm universiteti vakillari esa Akbarov işga qaytayotganini tasdiqlay olmasliklarini ma'lum qilişdi. Şuningdek, ular raddiya nega 8 oy ötgandan keyin e'lon qilinganiga ham izoh berişmadi.

Eslatib ötamiz, Azamat Akbarovning diplomi soxta deb topilgani haqida Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği Uluğbek Toşkenboyev ham gapirgan edi.