Nadal musobaqaning hal qiluvçi uçraşuvida jahonning birinçi raqamli tennisçisi, serbiyalik Novak Jokoviçni 6:0, 6:2, 7:5 hisobida mağlub etdi. Uçraşuv 2 soat 43 daqiqa davom etgan.

Ta'kidlab ötiş joiz, Nadal va Jokoviç Parijdagi musobaqa finalida uçinçi marta uçraşişdi, biroq har safar ispaniyalik tennisçining qöli baland kelgan.

Ispaniyalik tennisçi bejiz “tuproqli kortlar qiroli” deb atalmaydi: Parijning tuproqli kortlarida ötuvçi turnirni bunça köp marta hali heç bir tennisçi yutmagan. U bungaça Roland Garros’da 2005, 2006, 2007, 2008, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2017, 2018 va 2019 yillarda ğalaba qozongan.

Yana bir e'tiborli jihati, Nadalning finaldagi ğalabasi uning Fransiya oçiq çempionati uçraşuvlaridagi 100-ğalabasi böldi. Bundan taşqari, ispaniyalik sportçi “Katta dubulğa” seriyasiga kiruvçi 20-musobaqasida ğalaba qozondi va bu natija bilan şveysariyalik tennisçi Rojyer Federer rekordini takrorladi.

Ayollar örtasida esa 19 yoşli polşalik Iga Şventek zafar quçdi. Bu ğalaba yoş tennisçining uşbu musobaqadagi birinçi ğalabasi hisoblanadi. Şventek final uçraşuvida amerikalik Sofiya Keninni mağlubiyatga uçrata olgan.

Roland Garros 2020 yilgi “Katta dubulğa” musobaqalariga yakun yasadi. Joriy yilda uşbu seriyaga kiruvçi Uimbldon turniri pandemiya sababli ötkazilmadi.