Germaniyada dunyoning eng boy kişisi Jyeff Bezos rahbarlik qiladigan Amazon kompaniyasi işçilari iş taşlaşga qaror qilişdi. Ular oylik iş haqi kamligiga qarşi boş kötarişdi, deb yozadi CNBC.

 Germaniyadagi Ver.di kasaba uyuşmasi va uning a'zolari Amazon xodimlari köproq miqdordagi iş haqi va mehnat şaroitlari yaxşilanişiga munosib deb hisoblamoqda. Taşkilotçilarning sözlariga köra, mitingda minglab xodimlar qatnaşmoqda. Işçilar Prime Day – kompaniya uçun iş eng köp böladigan kunda iş taşlaşga qaror qilişgan.

Kasaba uyuşmasi şuningdek, Amazon kasaba faollariga bosim ötkaziş uçun ularni kuzatuv ostiga olgan degan fikrda.

Qayd etilişiça, internet-reteyler 2020 yilda ofislar va omborlarda xodimlarning iş faoliyati va harakatlarini kuzatiş tizimini örnatgan. Iş vaqti tugaganida har bir xodim bir neça ön daqiqa tekşirilgan.

Oktyabrda Amazon xodimlari Bezosning uyi oldida oylik maoşlari oşirilişi va bepul tibbiy xizmatni talab qilib miting ötkazişgandi.