Xalq deputatlari Olmaliq şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körildi.
Viloyat hokimligi xabariga köra, kun tartibidagi masala böyiça Toşkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov ma'ruza qilgan. Viloyat hokimi öz sözida Olmaliq şahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişda yöl qöyilgan xato-kamçiliklarga töxtalgan, şuningdek, rahbar odam öz şaxsiy hayotiga ham e'tiborli bölişi, oilasiga vaqt ajratişi, farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy şuğullanişi lozimligi xususida söz yuritgan.

«Bugungi kunda muhtaram Yurtboşimizning taşabbusi bilan mamlakatimizda oçiqlik siyosati joriy etilgan. Hammamiz jamoatçilikning qat'iy nazoratidamiz. Şuningdek, işlayman degan odamga barça şaroit yaratib berilgan. Maşina, yaxşigina oylik maoş beriladi.
Xabaringiz bor, yaqinda Olmaliq şahri hokimi bilan boğliq holat internetda tarqaldi. Zamon tezkor. Har qanday voqelik tez tarqalyapti. Agar u yomon, noxuş bölsa, eşitib iç-içingdan ezilasan kişi...
Yaxşi bilasizlarki, yurtimizda kambağallikka qarşi kuraş boşlandi. Yurtboşimiz BMT boş minbaridan turib, kambağallikka qarşi kuraş taşabbusini ilgari surdilar. Şunday paytda bu voqea bölib tursa, rahbarning oilasida şunday muhit bölsa, mutlaqo tuşunarsiz holatdir.
Şahar hokimi qanday inson bölişi kerak? Rahbarga köp narsa boğliqligini hayot haqiqati tasdiqlaydi. Hokim şu hududning otasi.
Men Usmon Rahimovning hokimlik faoliyati mutlaqo qoniqarsiz, u işlamadi, demoqçi emasman. Bu örinda gap rahbarning har jihatdan el-yurtga örnak böla olişi haqida ketyapti. Binobarin, muhtaram yurtboşimiz, donişmand xalqimiz rahbarning, uning oilasining kamtarlik fazilatiga qarab baho beradi», degan viloyat hokimi.

Rustam Xolmatov Olmaliq şahar hokimi lavozimiga Qobil Hamdamov nomzodini tavsiya etdi. Yiğiliş iştirokçilari uşbu nomzodni qöllab-quvvatlaşgan.









