Xalq deputatlari Olmaliq şahar Kengaşining navbatdan taşqari 39-sessiyasi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi mas'ul xodimi Şuhrat Mirxodiyev, Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Rustam Xolmatov iştirokida ötgan sessiyada şaharning yangi hokimi saylandi.
Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berişiça, Usmon Ismoiloviç Rahimov nomzodi Olmaliq şahri hokimi lavozimiga tavsiya qilindi va uning nomzodi bir ovozdan tasdiqlandi.

Usmon Rahimov 2018 yilning yanvarigaça Toşkent viloyati hokimining Sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari bölgan, 2018 yilning 5 yanvaridan buyon Toşkent viloyatining ma'muriy markazi bölmiş Nurafşon (sobiq Töytepa) şahriga hokimlik qilib kelayotgandi.
Olmaliq şahrining avvalgi hokimi Öktamjon Karimov Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 iyuldagi qarori bilan Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining örinbosari etib tayinlangan edi.
Eslatib ötamiz, Olmaliq şahri Angren, Bekobod, Çirçiq, Şirin va Zarafşon şaharlari qatorida respublika böysunuvidagi şahar bölgandi.











