Prezidentning “Islom moliyalaştiriş tamoyillari asosida qimmatli qoğozlarni joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitasining:

islom moliyalaştiriş tamoyillari asosida qimmatli qoğozlarni joriy etiş hamda nazorat ostidagi mol-mulk va mulkiy huquqlarga nisbatan iqtisodiy nazorat huquqini baholaş va sotiş (boşqaga ötkaziş) imkoniyatini yaratadigan benefitsiar mulk huquqini belgilaş va sotiş (boşqaga ötkaziş) sohasida ingliz huquqi me'yorlarini qöllaş uçun respublikada kerakli infratuzilma yaratiş;

Kapital bozorini rivojlantiriş agentligini Özbekiston hududida islom moliyalaştiriş tamoyillari asosida qimmatli qoğozlarni çiqariş, joylaştiriş va muomalaga çiqarişni tartibga soluvçi vakolatli davlat organi sifatida belgilaş;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlar böyiça qömitasi suquq qimmatli qoğozlari çiqarilişining islom moliyalaştiriş tamoyillariga muvofiqligini tasdiqlovçi vakolatli organ sifatida belgilaş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi.

Quyidagilar belgilanadi:

suquq qimmatli qoğozlari – islom moliyalaştiriş tamoyillariga asosan çiqarilgan, mol-mulkka egalik qiliş huquqi va mulk hamda mulkiy huquqdan foydalaniş va (yoki) ulardan foydalanişdan olinadigan daromadlar, uşbu qimmatli qoğozlar moliyalaştirilişi maqsadida çiqarilgan ma'lum loyihalar xizmatlari yoki mol-mulkiga bölgan bölinmas huquqni tasdiqlovçi emissiyaviy qimmatli qoğozlar;

suquq ijara qimmatli qoğozlari (suquq al ijara) – muomala muddati avvaldan belgilanib, maxsus moliya kompaniyasi tomonidan islom moliyalaştiriş tamoyillariga asosan çiqarilgan qimmatli qoğozlar bölib, ularning egalari ijara şartnomasi (moliyaviy lizing) böyiça daromad oliş huquqiga ega bölişadi;

suquq iştirok etiş qimmatli qoğozlari (suquq al mudoraba/muşaraka) – muomala muddati avvaldan belgilanib, maxsus moliya kompaniyasi tomonidan islom moliyalaştiriş tamoyillariga asosan jalb etilgan mablağlardan yangi investitsiyaviy loyihani taşkil etiş uçun foydalaniş, oddiy şerikçilik şartnomasi yoxud aksiyadorlik jamiyati yoki mas'uliyati çeklangan şerikçilik taşkiliy-huquqiy şaklidagi yuridik şaxsni taşkil etgan holda mavjud investitsiyaviy loyihani rivojlantiriş yoki tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş maqsadida çiqarilgan qimmatli qoğozlar;