Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda uşbu köprik fotosurati tarqalgandi. Foydalanuvçilarning qayd etişlariça, köprik tayançlarining pastki qismi «unçalik yaxşi holatda emas».
Kompaniyaning xabar berişiça, köprik tayançlarining poydevori konstruksiyasida loyiha böyiça 41 metr çuqurlikka örnatilgan diametri 1500 mm bölgan temir-beton qoziqlar közda tutilgan.
«Fotosuratlarda aynan ana şu qoziqlarning betonlangan qismi aks etgan. Quriliş texnologiyasiga köra, tayanç joylaştirilayotganida kanaldagi suvning maksimal darajasi hisobga olingan. Bunda tayançning konstruktiv unsuri bölmagan va uning yuk kötariş layoqatiga ta'sir körsatmaydigan qoziq pardozlangan. U şunçaki arxitekturaviy-estetik köriniş berişga möljallangan», - deyiladi kompaniya xabarida.
Pardoz suvning minimal darajasi hisobga olingan holda amalga oşirilgan.
«Joriy mavsumda suv sathi minimal darajadan sezilarli ravişda past böldi, natijada notekis yuzaga ega bölgan beton ustun körinib qolgan», - deyiladi «Özbekiston temir yöllari» tomonidan.
Ta'kidlanişiça, uşbu piyodalar köprigi xavf tuğdirmaydi hamda töliq soz holatda.













