Apple kompaniyasi Kaliforniyaning Kupertino şahridagi boş ştab-kvartirasida asosiy flagman mahsuloti – iPhone smartfonining 12-talqini taqdimotini ötkazdi. Tadbir kompaniya rasmiy saytida translatsiya qilindi.
Smartfon mobil aloqaning yangi avlodi – 5G texnologiyasini qöllab-quvvatlaydi. Uning narxi 799 dollardan boşlanadi.

iPhone 11 bilan taqqoslaganda yangi telefon 11 foizga ingiçkaroq, 15 foizga kiçikroq va yengilroq. Qurilmaga OLED ekrani örnatilgan, undagi tasvir çuqurligi avvalgi modeldan ikki barobar yuqoriroq.
iPhone 12 displeyi Ceramic Shield himoya oynasi bilan himoyalangan. Bu smartfonning tuşirib yuborilgandagi himoyasini 4 barobarga kuçaytiradi.

Yangi telefonga yangi protsessor – A14 Bionic örnatilgan, bu, taqdimotda aytilişiça, «istalgan boşqa bir smartfonning protsessoridan 50 foiz tezroq» işlaydi.
Yangi model beş xil – qora, oq, qizil, yaşil va kök rangda çiqadi.

Taqdimotda iPhone 12 Mini ham namoyiş etildi. iPhone 12 hajmi 6,1 dyum bölsa, uning mini versiyasi 5,4 dyum (xuddi iPhone 8 kabi).
Şuningdek, Apple yana ikki yangi model – iPhone 12 Pro (6,1 dyum), iPhone 12 Pro Max (6,7 dyum)ni ham taqdim etdi. Ma'lum qilinişiça, iPhone Pro Max – kompaniya tarixidagi eng katta displeyga ega smartfondir.

Narxlar quyidagiça:
- iPhone 12 mini – 699 dollardan boşlanadi
- iPhone 12 – 799 dollardan boşlanadi
- iPhone 12 Pro – 999 dollardan boşlanadi
- iPhone 12 Pro Max – 1099 dollardan boşlanadi













