MSK qarorida aytilişiça, Oliy Majlis Senati a'zosi Şuhrat Ğaniyev Özbekiston prezidentining 2020 yil 24 sentyabrdagi PF-6069-son farmoniga asosan Özbekiston boş vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tasdiqlanganligi munosabati bilan u Oliy Majlis Senati a'zolari röyxatidan çiqarilgan deb hisoblanadi.

Qaror Oliy Majlis Senatiga hamda xalq deputatlari Farğona viloyati Kengaşiga yuborilgani aytiladi.

Şuhrat Ğaniyev 2011-2012 yillarda Farğona viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi bölgan, 2012 yildan buyon Farğona viloyati hokimi sifatida işlagan.

U 2020 yil fevralidan buyon boş vazir örinbosari lavozimida işlab, sentabr oyida koronavirus oqibatida vafot etgan Öktam Barnoyev örnini egalladi.

25 sentabr kuni Qonunçilik palatasi deputatlari boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga Şuhrat Ğaniyev nomzodini ma'qulladi, 29 sentabr kuni prezident Şuhrat Ğaniyevni boş vazir örinbosari lavozimiga tasdiqladi.