Ayni kunlarda Farğona vodiysining eng qadimgi maskanlaridan biri, kulollar yurti deya e'tirof etiladigan Riştonda Özbekistonda yagona bölgan kulolçilik majmuasida sönggi pardozlaş işlari ketmoqda. Majmua usta kulollar uçun barça şart-şaroitlarga ega ustaxona va turarjoylar bölib qolmay, çet ellik sayyohlarning ham sevimli joyiga aylanişi kutilmoqda.

Prezidentimizning 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandçilikni yanada rivojlantiriş va hunarmandlarni qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida yurtimizda yoşlar, ayollar hamda aholining kam ta'minlangan qismini milliy hunarmandçilikka keng jalb qiliş va şu orqali ularning iş bilan bandligini ta'minlaş maqsadida qator tijorat banklari zimmasiga ustuvor vazifalar yuklatilgan.

Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari – Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov boşçiligida Özsanoatqurilişbank tomonidan barpo etilayotgan Rişton kulolçilik majmuasi ham bu boradagi işlarning amaliy ifodasidir.

Milliy va zamonaviy me'morçilik an'analari uyğunlaşgan Rişton kulolçilik majmuasi 20 nafar kulol-hunarmand uçun ikki qavatli (şundan birinçi qavati ustaxona va savdo dökoni) kulolçilik xonadonlari, muzey-galereya va bank xizmatlari markazini öz içiga oladi. 

1,1 gektar yer maydonidan iborat majmuani barpo etişda Özsanoatqurilişbank qoşidagi “SQB Capital” kompaniyasi tomonidan 19 mlrd sömlik bunyodkorlik işlari bajarildi. E'tiborlisi, majmuani barpo etiş jarayonida riştonlik hunarmandlar, xususan, usta kulollar bilan kengaşib iş olib borildi. Natijada har bir turarjoy öziga xos me'moriy yeçimga, ta'bir joiz bölsa, me'morlarning dastxatiga ega böldi.

Majmua işga tuşirilişi bilan 230 ga yaqin yangi iş örinlari yaratilişi hamda hunarmandlar tomonidan yaratilgan nodir mahsulotlar xorijga eksport qilinişi közda tutilgan. Ayni paytda majmuadagi körgazma-muzey milliy amaliy san'atimiz namunalari bilan tanişiş, qolaversa, kulolçilik asarlarini yaratilişini kuzatiş imkoniyati Riştonning sayyohlik salohiyatini oşişiga ham xizmat qiladi.